Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Ishtixon tumanida mahallalar kesimida jinoyatchilik holati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limi boshlig‘i K.Yavkochdiyevning 2025-yilda mahallalar kesimida jinoyatchilik holati, uning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, tumandagi 62 ta mahalladan 38 tasida umuman jinoyat sodir etilmagan, 20 tasida jinoyatchilik kamaygan hamda 4 ta mahalla “qizil” toifaga kiritilgan.

2025-yil davomida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 78 tani tashkil etib, shundan 37 tasi o‘g‘irlik, 15 tasi o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish, 6 tasi yengil tan jarohati, 4 tasi nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda 15 tasi boshqa turdagi jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jinoyatlarning og‘irlik darajasi bo‘yicha 29 tasi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 35 tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 9 tasi og‘ir va 5 tasi o‘ta og‘ir jinoyatlar sifatida qayd etilgan.

Profilaktik tadbirlar natijasida 1641 nafar fuqaro profilaktik hisobdan chiqarilgan. Shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida olib borilgan ishlar natijasida 101 ta ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan hamda 13 ta mahalla ajrimlardan holi hudud sifatida qayd etilgan.

Sessiyada mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning oldini olishda “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, ayniqsa “qizil” toifadagi hududlarda manzilli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 2