Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
8-sonli maktabda sport zallari va jihozlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati O.Sadullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktabdagi sport zallari faoliyati, ularning o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlari hamda mavjud sport anjomlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, sport zallarining texnik holati, xavfsizlik talablari, jihozlarning yetarliligi va ularning amalda foydalanish darajasi tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda sport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilib, bu boradagi mavjud sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida sport zallarini zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlash, mavjud anjomlarni yangilash va ularning samarali foydalanilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Bu esa o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish — sog‘lom avlodni tarbiyalashning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois bu kabi o‘rganishlar orqali mavjud holat tahlil qilinib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilmoqda. 

Slide 1 of 3