35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#24ta_masala Saylovchilar murojaati: Dahbet va Bozorjoydagi kanalizatsiya muammosi o‘rganildi

#24ta_masala

Saylovchilar murojaati: Dahbet va Bozorjoydagi kanalizatsiya muammosi o‘rganildi

Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida joylardagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish doimiy e’tiborda.

✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Ilhom Botirov tomonidan Oqdaryo tumanining Dahbet va Bozorjoy mahallalarida mavjud kanalizatsiya muammosi joyiga chiqib o‘rganildi.

✅ Aniqlanishicha, ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar aholi uchun noqulaylik tug‘dirish bilan birga, hududning sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Oqava suvlarning mahalla hududidagi ariqlarga oqizilishi esa aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

🏫 Mazkur muammo hududdagi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida ham kuzatilayotgani qayd etildi.

👍 O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar ishtirokida muammoni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilash zarurligi ta’kidlandi.

👍 Mazkur masala deputat tomonidan qat’iy nazoratga olinib, uning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

✅ @sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 3