Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi.

Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi.

 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nargiza Kenjayeva o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

✅ Uchrashuv davomida deputat hududda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida yuborilgan deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi yuzasidan batafsil axborot berdi. Shuningdek, hududda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Fuqarolar uchrashuvda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini bildirdi.

✅ Jumladan, fuqaro M. Azizova hududda xotin-qizlar uchun doimiy ish o‘rinlari yetishmasligi, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish hamda tikuvchilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida markazlar tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Mazkur murojaat deputat tomonidan alohida e’tiborga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

👍 Shuningdek, uchrashuvda uy-joy, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, bandlik va ijtimoiy yordam kabi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

👍 Deputat barcha murojaatlarni tizimli ravishda ko‘rib chiqilishi, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan manzilli ishlar olib borilishi va ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishini ta’kidladi.

👍 Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, muammolarni bevosita joyida o‘rganish va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ @sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 4