Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
#Deputat_sorovi Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga ekologik muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

#Deputat_sorovi

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga ekologik muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Mamlakatimizda ekologik muhitni yaxshilash va atrof-muhit musaffoligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, fuqarolar bilan olib borilayotgan muloqotlar davomida ayrim korxonalar faoliyatidan norozilik bildirayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda.

✅ Xususan, aholi tomonidan atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, ekologik talablarni qo‘pol ravishda buzayotgan ayrim ishlab chiqarish subyektlari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab murojaatlar qoldirilmoqda.

✅ Mazkur holatlar “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlar hamda “Yer kodeksi” talablari buzilayotgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

💠 O‘rganishlar natijasida Bulung‘ur, Toyloq va Urgut tumanlarida faoliyat yuritayotgan ayrim korxonalarda ishlab chiqarish uchun berilgan ruxsatnomalar talablari hamda ekologik me’yorlarga rioya etilishi holatini chuqur o‘rganish zarurati yuzaga kelgani aniqlandi.

👍 Shuningdek, ayrim korxonalarda ekologik ekspertiza xulosalarida belgilangan talablar bajarilmayotgani, tabiiy resurslardan oqilona foydalanilmayotgani hamda atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatilayotgan bo‘lishi mumkinligi qayd etilmoqda.

👍 Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan vakolatli tashkilotlarga rasmiy so‘rov yuborildi. Unda tegishli korxonalar faoliyatini qonuniylik nuqtai nazaridan o‘rganish, ekologik talablar ijrosi yuzasidan 10 kun muddatda tekshirish o‘tkazish va natijalari bo‘yicha yozma axborot taqdim etish so‘ralgan.

✅ Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan.Ushbu nazorat tadbirlari atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash hamda ekologik qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1