35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Samarqand viloyati Urgut tumani “Uzun” mahalla fuqarolar yig‘inida ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududni yanada obodonlashtirishga qaratilgan muhim tashabbus amalga oshirildi. Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati Himmat Oqbo‘tayev tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir “Yashil makon” umumxalq loyihasi hamda “Obod yurt mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazildi.

#24_ta_masala

✨Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida mahalla aholisi, yoshlar, nuroniylar va faollar bir yoqadan bosh chiqarib, hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Natijada 100 tupdan ortiq mevali daraxtlar hamda 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, mahalla hududining ekologik muhiti yaxshilanishiga munosib hissa qo‘shildi.

✅Tadbir davomida nafaqat daraxt ekish, balki hududni tozalash, obodonlashtirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tashabbuslar fuqarolarda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini oshirish bilan birga, kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

✅Shu bilan birga, bunday xayrli ishlar mahallalarda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlab, “mahalladan boshlanadigan obodlik” g‘oyasining amalda o‘z ifodasini topayotganini ko‘rsatmoqda. Urgut tumanidagi mazkur tashabbus esa boshqa hududlar uchun ham ibrat bo‘ladigan namuna sifatida e’tirof etilmoqda.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 4