35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalla hayoti — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi Ravshan Jovliyev, o‘z hududidagi Yuqori Tallashqon mahallasi hokim yordamchisi bilan suhbat o'tkazdi. Suhbat jarayonida mahallada aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilyotganiga toʻgʻrisida fikr almashildi. Xususan, hokim yordamchisi tomonidan 2026 -yilning 1-choragi davomida 22 nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinalari, 3 nafar fuqaroga ssuda asosida moddiy yordam, 10 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilib, ular chorvachilik va dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, ssuda asosida tikuv mashinasiga ega bo‘lgan Bozorova Gulhayo bugungi kunda tikuvchilik faoliyatini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan. U o‘z faoliyatini kengaytirib, shogirdlar tayyorlash orqali mahallada bandlikni ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Bu kabi amaliy ishlar mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, aholi turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1