35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, tumanda jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan olib borilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman prokurorining axboroti haqida.

2. Tuman prokurorining tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan 2026-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.

3. Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi bo‘yicha 2026-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.

4. Muzrabot tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i tomonidan 2026-yil I-chorak davomida tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

5. Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida.

Kun tartibidagi har bir masalalar bo‘yicha ma’sul rahbarlarning axborot va hisobotlari dastlabki tarzda komissiya a’zolari tomonidan diqqat bilan tinglandi.

Mazkur masalalar bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar tinglanib, doimiy komissiya a’zolarining takliflarini inobatga olib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 5