Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
MIROBOD TUMANIDA RUHIY ASAB KASALLIKLARI MARKAZIDA DAVOLANUVCHI BOLALARGA QUVONCH ULASHILDI

Mirobod tumanida, 1-iyun – bolalarni himoya qilish kuni arafasida kichkintoylar uchun saxovat tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. 

Bugun, Toshkent shahar hokimining orinbosari - oila va xotin qizlar boshqarma boshlig‘i Sh.Sultonova, shahar katta otinoyisi, Mirobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlariMirobod tumanidagi imomlar va otinoyilar boshchiligida tumanimizda joylashgan shahar bolalar ruhiy asab kasalliklari markazida saxovat tadbiri tashkil etildi. 

Tuman madaniyat bo‘limi ijodiy jamoasi ishtirokidagi qiziqarli shou-dasturlar tadbir ishtirokchilariga chinakam bayramona kayfiyat ulashdi. Bolalarning ko‘zlarida baxt uchqunlari porladi, ular xursandchiligining chegarasi yo'q edi. 

Tadbir tashkilotchilari tomonidan shuningdek, markazga 160 o‘rinlik stol-stullar, 4 ta mikro to‘lqinli pech, 10 ta elektr choynaklar sovg‘a qilindi. Bolalar uchun bayramona dasturxon bezatildi. Markaz 160 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bunda ambulator davolanish; 30 o‘rinlik tunu-kun statsionar; 100 o‘rinli sanatoriy bo‘limlari mavjud. 

Bunda psixiatriya xizmatining asosiy vazifasi etib aholi o‘rtasida ruhiy asab bemorlarini erta aniqlash, tashxis qo‘yish, profilaktika, davolash, dispanser hisobiga olish, bemorlar uyiga tashrif va ijtimoiy yordamga muhtoj bemorlarga yordam berish tadbirlarini bajaradi.  

Slide 1 of 8