35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari K.Roʻziyev va B.Ochilovlar tomonidan 103 yoshni qarshilagan nuroniy A.Muhsinov xonadonida boʻlib, uning holidan xabar olindi.

Uchrashuv davomida nuroniy A.Muhsinov Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan, frontda jasorat koʻrsatgan fidoyi insonlardan biri hisoblanadi. 

Urushdan soʻng u Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil olib, muvaffaqiyatli tamomlagan.

Mehnat faoliyatini u dastlab maktabda tarix fanidan dars berishdan boshlagan boʻlib, yosh avlodga bilim va tarbiya berishga oʻz hissasini qoʻshgan. 

Dasturxon atrofida kechgan samimiy suhbat chog‘ida deputatlar nuroniyning jasorati, hayotiy tajribasi va yoshlar uchun o‘rnak bo‘larli fazilatlarini alohida qayd etishdi. Unga esdalik sovg‘alari topshirilib, chuqur hurmat-ehtirom bildirishdi.

Slide 1 of 3