Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputat faoliyati

Deputat faoliyati 

 Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati D.Yodgorova, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan birgalikda Kengashning haftalik ish rejasiga asosan "Qarashiq" mahallasida "Deputat va Mahalla yettiligi hamkorligi" doirasida yettilik bilan uchrashuv olib bordi.

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida “O'zbekiston” mahallasida yettilik bilan uchrashib, "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazdi. 

Tadbirda mahallalarda faoliyat yuritayotgan “yettillik” a’zolarining ishlari bilan yaqindan tanishib, ularning aholi muammolarini o‘rganish va joylarda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini o‘rgandilar.

 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar va o‘rganishlar joylarda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, hududiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishga xizmat qiladi.