Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Qonun ijrosi nazorati

Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan hududdagi umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsion holatlarning barvaqt profilaktikasi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. 

Xususan, maktab rahbariyati va xodimlari tomonidan qonun talablariga rioya etilishi, ichki nazorat tizimining yo‘lga qo‘yilgani, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida pedagogik jamoalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga mazkur qonunning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati va talablariga qat’iy rioya etish zarurligi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. 

Slide 1 of 3