Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan kichik dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur “Yo‘l xarita”ning 8-bandida nazarda tutilgan 3–7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish masalasi tuman Kengashi deputati Akrom Bo‘tayev tomonidan tuman Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganildi.

📌 O‘rganishlar davomida 2025–2026-o‘quv yili holatiga ko‘ra quyidagi ma’lumotlar aniqlandi:

🔴 Tumandagi 31 ta mahallada 3–7 yoshli bolalar jami soni — 12 802 nafar

🔴 Shundan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinganlar — 8 717 nafar

🔴 Qamrab olinmagan bolalar soni — 4 085 nafar

📈 Umumiy hisobda tuman bo‘yicha 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 68,1 foizni tashkil etmoqda.

Mazkur ko‘rsatkichlarni yanada oshirish, ayniqsa qamrab olinmagan bolalarni ta’lim jarayoniga jalb etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5