Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Tuman Kengashi deputati S.Babayarova tomonidan aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tuman Kengashi deputati S.Babayarova tomonidan aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

 Xususan, qonunning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishdan iborat ekani ta’kidlandi.

Deputat S.Babayarova o‘z chiqishida tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari, shuningdek, himoya orderi berish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoatchilikning o‘rni beqiyos ekani alohida qayd etildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari aholi o‘rtasida qonunchilikka hurmatni oshirish, xotin-qizlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish va oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3