Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ichki ko‘chalar chiqindilari: deputat monitoring va tushuntirish ishlari o‘tkazdi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati Jo'rayev Alijon Doniyorivich Uyrot, Yangiobod va Do'rman mahallalarida ichki ko‘chalardan chiqindilarni olib chiqish holatini atroflicha o‘rgandi.

Monitoring jarayonida aholining ichki ko‘chalarga chiqindilar olib chiqilmasligi bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Deputat Jo'rayev aholiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019‑yil 6‑fevraldagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ‑huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida tushuncha berdi. Qaror chiqindilarni belgilangan joylarda va belgilangan vaqtda olib chiqish tartibini, shuningdek, xizmat ko‘rsatish shartlari va mas’ul tashkilotlarning vazifalarini belgilaydi.

Shu asosda deputat aholiga chiqindilarni tartibli chiqarish va maxsus xizmatlar tomonidan olib ketilishini ta’minlash tartibi bo‘yicha tushuntirish berdi. Bu tadbir hududlarda sanitariya holatini yaxshilash va atrof-muhitni toza saqlashga qaratilgan.

Xalq deputatlari monitoring tashriflari hududdagi muammolarni joyida aniqlash, aholiga tushuntirish ishlari olib borish va amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5