Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ichimlik suvi ta’minoti: ishlari deputatlar nazorati ostida davom etmoqda

Avval xabar qilinganidek, Vatan MFY hududida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar deputatlar nazoratida davom etmoqda.

Bugungi kunda mazkur suv inshootiga zarur texnik qurilma — GKTP olib kelinib, o‘rnatish jarayonlari boshlanish arafasida. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.Mirzayev,kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, mahalla raisi va shuningdek shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Jarayonda elektr ta’minotini barqaror yo‘lga qo‘yish, yangi suv nasosining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berilib, ishlarni sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Mazkur chora-tadbirlar hudud aholisini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va infratuzilmani yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6