Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat dorixonalar faoliyatini o‘rgandi: aholi uchun qulaylik va sifat nazoratda

O‘z saylov okrugida aholi salomatligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratayotgan xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘.Shukurov hududidagi dorixonalar faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish davomida dori-darmonlar mavjudligi, narx-navo asosliligi, xizmat ko‘rsatish sifati, farmatsevt malakasi tahlil qilindi.

Deputat dorixonada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulayliklar,navbat tizimi va maslahat berish jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratdi. Ayrim dorixonalarda aniqlangan kamchilik yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Aholi bilan muloqot o‘tkazilib, dori ta’minoti va xizmat sifati bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi. Bildirilgan takliflar asosida dorixonalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Deputatning ta’kidlashicha dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash doimiy nazoratda bo‘ladi.

Slide 1 of 2