Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Po‘latchi mahallasida e’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadri ustuvor

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova o‘z saylov okrugidagi Po‘latchi mahallasida ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi. Tashrif davomida boquvchisi yo‘q, yolg‘iz yashaydigan hamda parvarishga muhtoj keksalar holidan xabar olindi.

Shu jumladan, yolg‘iz keksalar ro‘yxatiga kiritilgan Sabohat Sadinova bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. U har seshanba kuni davlat tomonidan biriktirilgan ijtimoiy assistent Dilshoda tomonidan ko‘rsatilayotgan maishiy xizmatlardan mamnun ekanini bildirdi. Xususan, uy yumushlarida ko‘mak berilayotgani – kir yuvish, uy tozalash ishlari muntazam yo‘lga qo‘yilgani uning minnatdorchiligiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, patrоnaj hamshira tomonidan har oyda bir marotaba holidan xabar olinayotgani ham qayd etildi.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

Slide 1 of 3