Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va uning tizimlari holatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va uning tizimlari holatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirildi.

⏺Ishchi guruhning 3-guruh a’zolari tomonidan tuman tibbiyot tizimining bir qator muhim yo‘nalishlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, tez tibbiy yordam (103) xizmatining samaradorligi, chaqiruvlarga yetib borish tezligi, xizmatni yoqilg‘i va zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

⏺Shuningdek, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalari, tug‘ruqxonalardagi mavjud sharoitlar, chaqaloqlar o‘limini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ayrim hollarda uchrab turadigan “suyunchi” kabi salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⏺O‘rganish jarayonida tuman miqyosida tor doiradagi mutaxassislar yetishmovchiligi ham ko‘rib chiqilib, qaysi yo‘nalishlarda shifokorlar yetishmasligi va bu holatning aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatiga ta’siri tahlil qilindi.

⏺Bundan tashqari, tibbiyot xodimlariga berilayotgan 10–15–20 foizlik ustamalar hamda turli mukofot pullarining adolatli va shaffof taqsimlanishi masalasi ham o‘rganildi. Shu bilan birga, tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish jarayonlarida ochiqlik, ya’ni vakansiyalarni e’lon qilish holatlari ham tahlil qilindi.

⏺Ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

⏺Shuningdek, ishchi guruh tomonidan aholining fikrini o‘rganish, “yashirin mijoz” uslubida xizmat sifatini baholash hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar ham o'tkazildi.

 (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 11