Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi

G‘ijduvon tumanining iqtisodiy faol hududlaridan biri bo‘lgan "Sharq" mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda jami 2 355 ta soliq to‘lovchi (jismoniy va yuridik shaxslar) ro‘yxatga olingan.

Deputat G.Sharapova tomonidan hududdagi soliq bazasining shakllanishi va mahalliy budjet tushumlarining holati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. 

Mahallabay ishlash tizimi doirasida soliq inspektori K.Qurbonov bilan hamkorlikda 2026-yil uchun kutilayotgan tushumlar rejasi aniqlashtirildi. Deputat o‘rganishlari davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi. Xususan:

Hisoblangan 3,7 mlrd so‘mlik soliq summasining haqiqiyligi, yangi qurilgan bino va inshootlarning soliq bazasiga to‘liq kiritilganligi.

Soliq to‘lovchilar orasidagi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da turuvchi fuqarolarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini qo‘llash masalasi.

"Soliq — mahalla obodligi uchun" tamoyili asosida, yig‘ilgan mablag‘larning bir qismi "Mahalla byudjeti" jamg‘armasi orqali hududdagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi va tungi yoritish tizimlariga yo‘naltirilishi fuqarolarga tushuntirildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, "Sharq" MFYda soliq yig‘iluvchanligini oshirish va aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish maqsadida quyidagilar taklif etildi:

Soliq qarzdorligi yuqori bo‘lgan xonadonlar bilan individual ishlash.

Tadbirkorlik subyektlariga soliq yukini kamaytirish emas, balki aylanmani ko‘paytirish orqali tushumni oshirishga ko‘maklashish.

Har chorak yakunida deputat va soliq inspektorining mahalla ahli oldida hisobotini yo‘lga qo‘yish. 

Slide 1 of 3