Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Muassasa faoliyati o‘rganildi

 Muassasa faoliyati o‘rganildi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
M.Salimova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov va M.Xakimovalar
Akbarobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan, davlat-xususiy
sherikchilik asosida tashkil etilgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi
parvarish “Mehr” muassasasida bo‘ldilar. 

Tashrif davomida muassasaning faoliyati, bolalarga ko‘rsatilayotgan
parvarish va ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan
tanishildi. Ayniqsa, bolalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz shart-sharoitlar,
maxsus jihozlar bilan ta’minlanganligi hamda malakali mutaxassislar tomonidan olib
borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. 

Shu bilan birga, bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularning sog‘lom
rivojlanishi va jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan
ishlarga alohida e’tibor qaratildi. 

Tashrif yakunida muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish,
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif
va tavsiyalar bildirildi.  

Slide 1 of 6