Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputat hududida o‘rganishlar olib bordi

 Deputat hududida o‘rganishlar olib bordi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining 15-M.Xasanov saylov okrugidan saylangan
deputati B.Sharipov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar
Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, mahallada amalga
oshirilayotgan ishlar, aholi turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyati bilan
yaqindan tanishdilar. 

Tashrif davomida ular mahalladagi hokim yordamchisi A.Abbazov tomonidan xizmat
vazifalarini bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar hamda hududda
tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan M.Umirzaqov tomonidan tashkil etilgan
sovutgichli issiqxona hamda M.Egamberdiev urodjonga qarashli karam va gul
yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonalar faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. 

Mutasaddilar mazkur issiqxonalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy agrotexnologiyalar, mahsulot
yetishtirish jarayonlari, ish o‘rinlari yaratilishi va mahalliy aholi
daromadlarini oshirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Shuningdek,
tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladilar
hamda faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar. 

Uchrashuv davomida mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari
yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom
ettirish, ilg‘or tajribani ommalashtirish zarurligi qayd etildi.  

Slide 1 of 5