Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining 3-Sharlauk saylov uchastkasidan saylangan deputat Jasur Kur’yazov tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, faoliyat yo‘nalishlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida markaz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan yordam turlari va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman Kengashi deputati Jasur Kur’yazov homiylar bilan hamkorlikda mahalladagi Hummiztepa ko‘chasida yashovchi nogiron Rahimov Hamdam Jumabayevich xonadoniga tashrif buyurib, unga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi hamda uning holidan xabar oldi.

Mazkur xayriya tadbiri orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.