Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Janubiy MFYda tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Janubiy MFYda tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Joriy yilning 24-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi B. Bazarov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanovalar tomonidan Navoiy shahrining Janubiy MFY hududida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida hududdagi 1-sonli oilaviy poliklinikaning faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, muassasada yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan ishlash madaniyati, xizmat ko‘rsatish sifati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam darajasi kabi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, poliklinikada mavjud dori-darmonlar zaxirasi, zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish darajasi, shifokor va hamshiralar faoliyati ham o‘rganildi. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasi, bemorlarga nisbatan e’tibor va mas’uliyati, murojaatlarga o‘z vaqtida javob qaytarish holatlari ham tahlil qilindi.O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglandi. Aholi tomonidan bildirilgan fikrlar asosida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur o‘rganish yakunlariga ko‘ra, hududda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizim samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 8