"Furqat" mahallasida deputat qabuli bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Mirzanova Zulfizar Anvarjanovna "Mahalla yettiligi" va mas'ullar bilan birgalikda shahrimizning "Furqat" va "Ahmad Yassaviy" mahallasi fuqarolarini "Furqat" mahalla binosida qabul qildi. Qabul jarayonida 10 dan ortiq fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari qabul qilindi hamda hal qilish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar bo’yicha ma’sullarga tegishli vazifalar belgilanib deputat nazoratiga olindi.
https://t.me/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy