Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari S.Xusanov, D.Akramov, A.Jabborovlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4 apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi KQ-706–IV-son Qarori ijrosi doirasida o‘zlariga biriktirilgan Yangiobod, Dehqonobod, Boyiston, Qaqir, Ittifoq, Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Mahalla yettiligi” tomonidan aholini extiyojlari va muammolarini
o‘rganish, ularga amaliy yordam berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar hamda kelgusida hamkorlikda olib boriladigan ishlar yuzasidan kelishib oldilar.
Deputatlar hamda mahalla yettiligi tomonidan o‘zaro hamkorlikda belgilangan ishlarni amalga oshirilishi davom etmoqda.