Boyovut tumanidagi 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "9-may xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Inson qadri ulug‘ xotirasi muqaddas" nomli tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirga tuman Kengashi deputati Raxmonqulov Jumaboy Tursunqulovich, O‘zbekiston Respublikasi Tasviriy oyina ijodiy uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqaruvi raisi Yunusov Xakimjon Muqimovich, mahalla faxriysi, front orti urush qatnashchisi Nomurodov Berdivoy xoji bobo, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Abduramonov Abdug‘ani Abduqaxxorovich ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.