Ushbu tadbir "9-May Xotira va Qadrlash kuni" va Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlandi. Tadbirga nafaqadagi Ustozlar, Afg‘onistonda xizmat qilgan sobiq askarlar, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi deputati B.Kenjayev, tuman kengashi deputati X.Shayimova, Boyovut tumani XDP raisi A.Ibodullayev, Boyovut tumani "Vatanparvar" tashkiloti mutaxassisi S.Karimova, hamda mahalla faollari tashrif buyurishdi.
Tadbirda o‘zbek xalqining tarixiy shaxslari, Jadidchilar, 2-jaxon urushida o‘zbek xalqining farzandlarining front va front ortidagi jasorati, Boyovutlik qaxramon qiz Yelena Stempkovskayaga bag‘ishlangan chiqishlar bo‘ldi.