Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Quva tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tumandan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, tuman sektor raxbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida 2023 yilda tumanda qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyatchilik xolati tahlili va 2024 yildagi vazifalar to‘g‘risida tuman prokurori hamda tuman IIB boshlig‘ining axborotlari, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.

Shuningdek kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman MIB rahbari, adliya bo‘limi boshlig‘i, Tibbiyot birlashmasi rahbarlarining 2023 yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2024 yilga ustuvor vazifalar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Shuningdek mazkur yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tilib tegishli vazifalar belgilab berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari tayyorlanib, deputatlar tomonidan maqullandi va tasdiqlandi. 

Slide 1 of 9