35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Asqarali Odilovning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot ochiq savol-javob tarzida tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

📃Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bir qator dolzarb muammolar ko‘tarildi. Xususan:

Boyovut tumani istirohat bog‘ini obodonlashtirish hamda hududni xavfsiz maskanga aylantirish (yoritish tizimini yangilash, kuzatuv kameralari o‘rnatish, bolalar maydonchalarini ta’mirlash);

“Sohil” mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlarni yangilash va qo‘shimcha quduq qazish masalasi;

“Beruniy” mahallasi hududida joylashgan sobiq ixtisoslashtirilgan maktab binosini ta’mirlash, binodan samarali foydalanish va yoshlar uchun qo‘shimcha ta’lim to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi hamda muammolarni amaldagi tartib asosida bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi kelishib olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv davomida aholiga O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-419) mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur qonun yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi hamda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Slide 1 of 4