Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

          Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilotlar rahbarlari, tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, og‘ir toifadagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining “Mahalla yettiligi” vakillari, tadbirkorlar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

          Dastlab Bag‘dod tumani hokimi Soliyev G‘anijon Sheraliyevich so‘zga chiqdi.

          Ma’lumki, joriy yilning 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan.

          Yig‘ilishda so‘nggi yillarda Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijalari tahlil qilinib, viloyatni rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi. Shu asosda Respublika vazirlik va idoralari vakillari tomonidan hududlarga chiqib, ularni kompleks rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar tanlab olindi hamda ushbu yo‘nalishda dastur ishlab chiqilib, muhokama qilish uchun mahalliy Kengashlarga kiritildi.

          Mazkur jarayon doirasida Bag‘dod tumanini kompleks rivojlantirish dasturi ham ishlab chiqildi. Ushbu masala xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, komissiya yig‘ilishida muhokama qilingani hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

         Kun tartibidagi masala yuzasidan “Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nizomiddin Abbosov ham so‘zga chiqdi.

         Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etgan bugungi sessiyada deputatlar va tuman faollari ham o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirdilar.

         Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur sessiya tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlari bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xalq vakillari masʼullarga saylovchilar murojaatlari asosida aniq va qatʼiy savollar yoʼlladilar. Muhokamalar ochiq va shaffof ruhda kechdi. Shu bois, sessiya 1 soatdan ortiq davom etdi. U Bagʼdod tumani hokimligining Аxborot xizmati rasmiy telegram kanali orqali jonli efirda namoyish etildi. (https://t.me/bagdodim_news/56090).  

Slide 1 of 19