Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kengashning 1-yarim yillik media-rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hududda ijtimoiy xodimlar faoliyati, shuningdek “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi, shaffofligi va samaradorligi o‘rganildi.

Shu maqsadda kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova Inson ijtimoiy xizmatlar markazining Boyovut tumani bo‘limi hamda Yoshlar agentligi Boyovut tumani bo‘limida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida:

⚫️“Temir daftar” asosida ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan moddiy va ijtimoiy yordamlar;

⚫️“Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari;

⚫️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, ularni tadbirkorlik, ta’lim va sportga jalb etish borasidagi amaliy ishlar;

⚫️ ijtimoiy xodimlarning mahallalardagi faoliyati va murojaatlar bilan ishlash tartibi, atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yordamlar haqiqatan ham ehtiyojmand fuqarolarga yetib borayotgani, ajratilgan mablag‘ va resurslarning maqsadli sarflanishi hamda hisobot yuritish tizimi yuzasidan mas’ullar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, ijtimoiy himoya tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, har bir murojaatni individual yondashuv asosida ko‘rib chiqish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 7