35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat K. Umirov bugun “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqdi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat K. Umirov bugun “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqdi.

O‘rganish davomida deputat mahalla hududida elektr kabeli tortilgan tayanch ustunlarning texnik holati, xavfsizlik talablariga qay darajada javob berayotgani, shuningdek, mahalla ichki ko‘chalarining umumiy holatini atroflicha ko‘zdan kechirdi. O'rganish jarayonida elektr tarmoqlarining ayrim joylarda eskirgani, tayanch ustunlarning nosoz holatda ekani hamda mahalla ko‘chalarida ta’mirtalab muammolar mavjudligi qayd etildi.

O‘rganish natijasida hududdagi umumiy holat qoniqarsiz ekani ma’lum bo‘lib, mavjud kamchiliklar aholining kundalik hayotiga noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi. Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari chiqarish, mas’ullar bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur masalalar deputat tomonidan doimiy nazoratga olinib, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish yo‘lida ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4