Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
8-Tabassum okrugida aholi bilan ochiq muloqot uchrashuvi

Olmazor tumani Tepaguzar MFY hududida “Tepaguzar” hamda “Tabassum” mahallalari aholisi bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari — 8-Tabassum saylov okrugi deputati S. Ismailov va 21-Namuna saylov okrugi deputati D. Raxmatullayev (kotibiyat mudiri), Olmazor tumani hokimligi vakillari, shuningdek “Tepaguzar” va “Tabassum” mahallalarining “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mahalla raislari tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yillik hisobot taqdim etildi. Shuningdek, deputat S. Ismailov tomonidan 2025-yil IV choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va savollar atroflicha muhokama qilinib, masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar hududni rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4