35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi

 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna boshchiligida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i Fayziev Jamshid Abdulxayevich tomonidan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi — tuman uchun birlamchi bepul huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada kengaytirish, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, huquqiy muammolarni tizimli hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

 Hamkorlik doirasida:

 aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish;

 mahalliy Kengashlar qarorlar va dasturlar loyihalarini birgalikda tayyorlash;

 Kengash deputatlari va kotibiyati xodimlarining malakasini oshirib borish;

 aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish.

Shuningdek, “Madad” NNT O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Birlamchi bepul huquqiy maslahat” loyihasini amalga oshirmoqda. Imzolangan memorandum Chilonzor tumani va mahallalarda o‘tkaziladigan “Deputat qabuli” va “Sayyor qabul”lar doirasida aholining huquqiy murojaatlarini joyida hal etish, fuqarolarga amaliy va manzilli yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

 Mazkur hujjat aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5