Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Sho‘rchi tumanida tashabbusli budjet loyihalari ijrosi o‘rganilmoqda

 🧊Sho‘rchi tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam ravishda o‘rganilmoqda.

🧊Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi bilan hamkorlikda joylarga chiqib, bajarilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan monitoring olib borildi.

     Qoraariq MFY

✅Qoraariq mahallasidagi Farovon va Obodon ko‘chalariga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari holati o‘rganildi. Jarayonda ish sifati, foydalanilayotgan materiallar hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

     Baxshtepa MFY

✅Shuningdek, Baxshtepa mahallasidagi Bog‘ishamol, Yangiobod, Sebzor va Ma’daniyat ko‘chalarida olib borilayotgan asfaltlash ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Loyiha ijrosining borishi, texnika va ishchi kuchining jalb etilishi, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar atroflicha tahlil qilindi.

Monitoring davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ishlar sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi bo‘yicha nazorat kuchaytirilishi ta’kidlandi.

✅“Tashabbusli budjet” asosida amalga oshirilayotgan loyihalar aholining turmush sharoitini yaxshilash, ichki infratuzilmani rivojlantirish hamda mahallalarni obodonlashtirishga xizmat qilmoqda.

✅Ishlar doimiy deputatlik nazorat asosida o‘rganilmoqda.

Slide 1 of 1