Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi

Qo‘rg‘ontosh mahallasida aholining huquqiy ongini oshirish, fuqarolarning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash maqsadida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur targ‘ibot ishlari tuman Kengashi deputatligiga 7-Gala okrugidan saylangan deputat A.Jo‘rayev tomonidan tashkil etildi.

Tadbirlar davomida, xususan, Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi O‘RQ-937-sonli hamda “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1109-sonli qonunlarining mazmun-mohiyati, ularning ahamiyati va amaliyotdagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Fuqarolarga mazkur qonunlarning asosiy yo‘nalishlari, belgilangan huquq va majburiyatlar hamda kundalik hayotdagi ahamiyati sodda va tushunarli tarzda izohlanmoqda.
Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qonunchilikdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 

Slide 1 of 3