Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi Gulbahor OSHP faoliyati bilan tanishdi.

Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi Gulbahor OSHP faoliyati bilan tanishdi.

Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov tashrifi davomida hududdagi oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida punktning bemorlarni qabul qilish, profilaktik ko‘riklar va birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi atroflicha o‘rganildi.

Hududdagi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligi, shuningdek, navbatchilik tizimi, bemorlarning murojaatlarini qabul qilish va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish masalalari tahlil qilindi. Shu bilan birga, profilaktik tadbirlar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholi bilan sog‘liqni saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

Tadbir davomida aholi ehtiyojlari va bepul dori vositalarining mavjudligi ham atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berilib, tibbiy xizmat sifatini oshirish, dorilarning yetkazib berilishini nazorat qilish hamda aholiga tezkor va sifatli yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga, OSHP va mahalla yettiligi o‘rtasida tizimli hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlarini samarali ko‘rib chiqish hamda hududdagi tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4