Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Deputat faoliyatidan

Joriy yilning 24-fevral kuni xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Perizat Mingtaeva o‘z saylov okrugidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar holatini o‘rganish maqsadida o‘rganish va muloqot uchrashuvi o‘tkazdi.

Tashrif davomida deputat, avvalo, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tahlil qildi. Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash, to‘lovlarning o‘z vaqtida va shaffof amalga oshirilishi holati atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoiti, daromad manbalari va real ehtiyojlarini o‘rganishda manzilli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha takliflar berildi. Shuningdek, mahalla soliq inspektori tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq to‘lov intizomini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan ma’lumotlar tinglandi. 

Ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish orqali ularning daromadini oshirish choralari muhokama qilindi.

Mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan ayollarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va tazyiq hamda zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham hisobot berildi.

Deputat tomonidan ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

Tashrif so‘ngida mahallada ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, aholining bandligini ta’minlash va ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Slide 1 of 4