Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 24 sessiyasi oldidan doimiy komissiyalarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 ✅ Kengash huzuridagi korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamda mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasidan vakillar yig‘ilishda ishtirok etdi, yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi;

  

 1. Tumanda aholi bandligini ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori hamda Sirdaryo viloyati Xalq deputatlari Kengashining VII-31-30-9-0-K/26-sonli qarori ijrosini ta`minlash;

 2. Tumanda yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal etishga koʻmaklashish, choralarini koʻrishga qaratilgan ishlar yuzasidan tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i (B.Mamatqulov)ning hisobotini eshitish;

 3. Tumanda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari holati yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining hisobotini eshitish;

 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-71-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan.

 5. Oqoltin tumani Ekologik partiya guruhi tashabbusi bilan tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga qarashli umumfoydalanuvidagi avtomobil yo‘llarida 2025-yil davomida bajarilgan yo‘l ta’mirlash ishlari yuzasidan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori R.Xamroqulovning hisoboti to‘g‘risida;

 6. Oqoltin tumanining 2026-yil mahalliy budjeti parametrlarida budjet taqsimlovchilariga ajratilgan mablag‘lar doirasida past samarali xarajatlarni maqbullashtirish to‘g‘risida;

  

 ✅Yig‘ilish yakunida, mazkur masala Kengashning navbatdagi sessiya kun tartibda Kengroq muhokama qilish yuzasidan qaror qabul qilindi.

  

 ✍️  Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati. 

Slide 1 of 5