Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛 “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasida xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi 5-Seplon saylov okrugi deputati M. Narbasheva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

👩‍💼 Dastlab, mahalla yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar, aholini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlar ko‘zdan kechirildi.

🍰 Xususan, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida o‘z qandolatchilik sexini yo‘lga qo‘ygan fuqaro Berdiyeva Matlubaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish hamda oilaviy daromadni oshirish borasidagi ishlar ijobiy baholandi.

🐔 Shundan so‘ng, mahalla yoshlar yetakchisi ko‘magida o‘z tadbirkorligini boshlagan yosh tadbirkor Abdusalomov Ozodbekning parrandachilik yo‘nalishidagi faoliyati o‘rganildi. Uning parrandalar yetishtirish fermasidagi ish jarayonlari, ishlab chiqarish hajmi va kelgusidagi rejalari bilan tanishildi.

🤝 Uchrashuv davomida tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar kelgusida ham deputatlik nazoratida bo‘lishi bildirildi.

Slide 1 of 6