Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Mahallalardagi mauammolarni hal etish, deputatlarning "Mahalla yettiligi" xodimlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda

Samarqand viloyati Payariq tuman 29-O‘rtasaydov saylov okrgigidan saylangan deputat Shavkat Ochilov Baxriddinovich "Deputatning bir kuni” loyihasi asosida o‘z hududiga qarashli bo‘lgan mahallalar “Kattasaydov” va “Sarbozor” MFYlarga borib, u yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan tanishdi. Shavkat Ochilov kun tartibini “Kattasaydov”dan boshlab, mahalladagi ishlar bo‘yicha MFY raisi To‘lqin Zokirov bilan suhbat o‘tkazdi. 

Jumladan u loyiha davomida “Kattasaydov” MFY hokim yordamchisi bilan ham suhbat o‘tkazib, mahalladagi ishsiz fuqarolar, ularni ishga joylashtirish, mahallada kam ta’minlangan fuqarolarga yer ajratish, dehqonchilik asosida ularni kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlik
sub’ektlari, hunarmandchilik, issiqxonalar tashkil etish, tikuvchilikni rivojlantirish borasida fikr almashdi. Mahalla yoshlar yetakchisi bilan qilingan muloqot davomida mahallada yoshlarning sportga jalb etilishi, kitobxonlik tadbirlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida uyushtirilayotgan tadbirlar haqida suhbatlashdi.  

Shundan so‘ng deputat yangi qurilgan 46-MTM holati bilan tanishdi va bolajonlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. “Kattasaydov”
MFY Farmonqul qishlog‘ida yashovchi ishsiz fuqaro Norbekov G‘iyosiddinni ish bilan ta’minlanganligi hokim yordamchisi bilan birgalikda borib o‘rganildi. 

So‘ngra Deputat Shavkat Ochilov tumanning “Sarbozor” MFYga borib, u yerdagi muammosi bor fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. U yerda istiqomat qiluvchi Xoliqulov Sirojiddin tomonidan so‘ralgan yordamga tegishlilik bo‘yicha topshiriq berilib deputatlik so‘rovi yuborildi. Shu mahallada joylashgan 58-maktabga tashrif buyurib, maktab rahbariyati bilan ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.
58-Maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazildi va ularning kelajakdagi orzulari haqida suhbat uyushtirildi.  

Slide 1 of 4