Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

🎙 Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Isanov olib bordi.

Sessiyada tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.

📑 Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-con qarori ijrosini tashkillashtirish to‘g‘risida;

2-masala, Boyovut tumani mahalliy budjetining 2026-yilda hosil bo‘lgan erkin qoldiq hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarni yoʻnaltirish yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining axboroti to‘g‘risida;

3-masala, Tuman mahalliy budjetining 2025-yil yillik daromadlar va xarajatlar ijrosi hisobotlarini tasdiqlash yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining axboroti to‘g‘risida;

4-masala, Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida.

5-masala, “Kengash so‘rovini” yuborish to‘g‘risida.

6-masala, Boyovut tumanidagi “og‘ir” toifadagi mahallalarda “islohotlar dastur”ini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida.

7-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoni ijrosi to'g'risida.

Slide 1 of 10