Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI-IMKONIYAT VA ULKAN MARRALAR SARI

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ochiq va samimiy muloqot mamlakatimiz yoshlar siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi. Yoshlarning ta’lim, kasb-hunar, sport, til o‘rganish va tadbirkorlik sohalarida imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha barcha rahbarlarga aniq vazifalar topshirildi.
Endilikda har haftaning payshanba kuni davlat idoralarida rasmiy ravishda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinadi — bu kunlarda mas’ul shaxslar maktab, kollej, mahallalarda bevosita yoshlar bilan muloqot qiladilar. 

Yoshlar tashabbuslari, startap loyihalar va ijtimoiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha resurslar, grantlar va imtiyozlar joriy qilinmoqda.

Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi.

Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashish yo‘nalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi. 

Mana shunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol ko‘ngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi.

Albatta biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatingiz uchun cheksiz minnatdormiz. 

Xulosa qilib aytganda, bu yig‘ilish yoshlarga berilayotgan e’tibor va ularning istiqbolli tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim davlat darajasidagi tadbir bo‘ldi.