Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Marmarobod MFY yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Marmarobod MFY yoshlar yetakchisining faoliyati Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M. Saidova tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan individual ishlash, muammolarini bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Deputat tomonidan yoshlar yetakchisiga hududdagi uyushmagan yoshlarni aniqlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb qilish va sport hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ayrim yo‘nalishlarda ish samaradorligini oshirish, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga tezkor va aniq yechim topish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Deputat yoshlar bilan ishlashdagi mas’uliyatli yondashuv mahalla taraqqiyotining muhim omili ekanini qayd etdi.

Mazkur o‘rganish ishlari natijasida tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilib, kelgusida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3