Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
муносабат

“Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning eng katta kuchi”

Bugun biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar — ertangi taraqqiyotimiz poydevoridir. Eng muhimi, birorta yigit-qiz e’tibordan chetda qolmaydi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, 22 milliondan ziyod yoshlarimiz – ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchdir. Bugun yoshlarning startaplari dunyo bozorlariga chiqayotgani, nufuzli xorijiy oliygohlarda minglab yigit-qizlarimiz tahsil olayotgani, xalqaro sport arenalarida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilayotgani – olib borilayotgan tizimli islohotlarning samarasi hisoblanadi.

Ayniqsa:

 • Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishi,

 • “Kelajak tadbirkori” dasturining ishga tushirilishi,

 • “Yoshlar biznes inkubatori” markazlarining tashkil etilishi,

 • Texnikumlarda “spin-off” loyihalar va “Work and travel” dasturining yo‘lga qo‘yilishi,

 • Xorijiy til va xususiy ta’lim markazlariga berilayotgan keng imtiyozlar,

 • Volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilishi,

 • “Ikkinchi imkon” loyihasi orqali jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarni kasbga o‘qitish tashabbusi

— bularning barchasi yoshlarning hayotini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim qarorlardir.

“Ikkinchi imkon” loyihasi esa alohida e’tirofga loyiq. Bu tashabbus yoshlarning jamiyatga qayta moslashuvi, zamonaviy kasb egallashi va o‘z hayotini yangidan qurishi uchun real imkoniyat yaratadi. Bu — adolat va ishonch tamoyillarining amaliy ifodasidir.

Men, Alisher Zoidov,

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi,

Jizzax viloyati kengashi deputati sifatida mazkur tashabbus va qarorlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Yoshlar bilan birga — Yangi O‘zbekistonni yanada qudratli qilamiz!