Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
“Adolat bor joyda taraqqiyot bardavom”

Buloqboshi tuman tibbiyot bo‘limida “Adolat bor joyda taraqqiyot bardavom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda poliklinika shifokorlari, hamshiralar va tibbiyot xodimlari faol ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi — sog‘liqni saqlash tizimida adolat, halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, aholiga sifatli hamda teng tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi vazifalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbatini Buloqboshi tuman Kengashi 20-“Shoxguzar” va“Boymahalla” saylov okrugi deputati M.Qovlonov olib bordi deputat tibbiyot hodimlariga adolat va qonun ustuvorligi har qanday sohada taraqqiyotning muhim omili ekanini ta’kidladi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar tibbiyot sohasida ham ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, bemorlar bilan muloqot madaniyati, murojaatlar bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va kasbiy etika masalalari yuzasidan fikr almashildi. Har bir shifokor o‘z faoliyatida adolat mezonlariga amal qilishi jamiyat ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlanib o‘tildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar adolat tamoyillari ustuvor bo‘lgan jamiyatda sog‘lom avlod, barqaror taraqqiyot va farovon hayot ta’minlanishini e’tirof etdilar. Davra suhbati ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tdi.

Slide 1 of 4