35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
XONARIQ MFYDAGI OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati R. Matqulov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O. Nazirxo‘jayev hamda Xonariq MFY raisi R. Mirzayevlar tomonidan Xonariq mahalla fuqarolar yig‘inidagi Xolmatobod oilaviy shifokorlik punktida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

Oilaviy shifokorlik punktida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan suhbat tashkil etilib, sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy sug‘urtaga o‘tish jarayoni, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqumli va oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar profilaktikasi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida piyoda yurish va jismoniy faollikni keng targ‘ib etish orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4