Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
⚠️ Maktab yo‘li muammosi joyida o‘rganildi — endi ijro muhim

Avval xabar berganimizdek, Mohpar mahallasidagi 83-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi ichki yo‘l muammosi yuzasidan deputat so‘rovi chiqarilgan edi.

👉 O‘rganish natijalari bu yerda batafsil ko‘rinadi: https://t.me/ishtixonovozi/39075?single

📍 Joyida olib borilgan tekshiruv vaqtida tuman hokimi Fazliddin Ruziyev boshchiligidagi guruh, yo‘l holati bilan tanishgan. Mutasaddilar fuqarolarning murojaatlari to‘g‘ri ekanini tan olgan holda, muammoni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha reja ishlab chiqilishini bildirgan.

Mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish va tozalik ishlarini jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olingani bildirildi.

📌 Endi asosiy savol — topshiriqlar qachon va qanday natija beradi?

Aholi va ota-onalar uchun eng muhim jihat — maktab yo‘lining amalda ta’mirlanishi va muammo to‘liq bartaraf etilishidir. O‘rganish muhim, biroq amaliy natija undan ham muhimroq.

Mazkur masala deputat va jamoatchilik nazoratida qoladi. Aniq muddat va bajarilgan ishlar bo‘yicha ochiq axborot kutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/)

Slide 1 of 3