Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Bo‘tayevа Baxtigul Abraxmatovna tumandagi “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi B. Norqobilov hamda mahalla yettiligi a’zolari bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat aholini mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 5–6 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan o‘n uchinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan batafsil axborot berdi. Jumladan, jamiyat hayotining barcha sohalarida huquqiy asoslarni mustahkamlash, islohotlar samaradorligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 17 ta masala, shu jumladan 8 ta qonun loyihasi muhokama qilingani haqida tushuntirish berildi.

️Uchrashuv davomida saylovchilarning dolzarb muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ayrim masalalar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni manzilli va samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Ushbu uchrashuv mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va aholining muammolarini joyida hal etishga qaratilgan amaliy ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5